04 Iyul 2020
Nigora
Electrolux dan Yevropa kir yuvish mashinalariga umumiy tavsif: Afzalliklari va kamchiliklari.

 

Barcha texnika Xitoyda yeg’iladimi? Yo`q, Electrolux va Zanussi kir yuvish mashinalari Sharqiy Yevropada, aniqrog’i Ukraina hamda Polshada yeg’iladi. Shved Electrolux kompaniyasi Ukraina zavodini sotib olgan va ushbu zavodda 10 yildan ortiqroq vaqt davomida kir yuvish mashinalarini ishlab chiqarmoqda, ular hatto Italiyada ham sotiladi.  Aynan ushbu zavod Yevropa uchun ixcham, kichik o'lchamdagi mashinalarni ishlab chiqaradigan, kichik hammom va oshxonalar uchun juda mos zavoddir. Electrolux kir yuvish mashinalari - kiyimingizni toza saqlash uchun aqlli va ishonchli texnologiyadir. Nega Electrolux kir yuvish mashinasini sotib olish kerak?

1. Yevropa sifati va ishonchliligi.
Electrolux. Shvetsiya. Aqlli ravishda ishlab chiqarilgan - mashinalar yuqori sifatli Yevropa standartlariga moslashtirilgan. Sifatli kauchuk detal-qismlar, keramik suv isitgich, baraban. Ko'p yillar davomida ular profilaktika ishlarini talab qilmaydi va kamdan-kam hollarda buziladi. Asosiy masalalardan biri to'g'ri o'rnatish va dastlabki sozlash ishlaridir.

2. Xizmat qilish muddati 10 yil, kafolat muddati 3 yil.
Elektrolux kir yuvish mashinalarining buzilmasdan va shikastlanmasdan xizmat qilish muddati 10 yilgacha. Kafolat - 3 yil.

3. Elektr toki uzilishi va suv oqishidan himoya.
Electrolux kir yuvish mashinalari 185 dan 270 V gacha bo'lgan diapazonda ishlaydi, boshqa ko'plab modellar singari, kuyib qolmaydi. Elektr toki pasayishi yoki uzilishi bilan aqlli mashina yuvishni to'xtatadi va to'xtagan joyidan davom etadi. Sensor suv sathini kuzatib boradi va suv oqish paytida yuvishni to'xtatadi va signal beradi. 

4. 20% gacha elektr sarfini kamligi.
Invertor dvigatelli mashinalarda oddiy dvigatelli mashinalarga nisbatan.

5. Allergiya va mikroblarga qarshi – bug’ bilan qayta ishlash funksiyasi.
Allergiyaga qarshi funksiya buyumlarni mikroblar va allergenlardan tozalash uchun qaynoq bug’ bilan ishlov beradi. Uy sharoitida kimyoviy tozalash uchun ham mos keladi.
6. Yuvish rejimi va vaqtni kirning vazniga qarab avtomatik tanlash funksiyasi.
Kir yuvish mashinasi yuklangan kir miqdorini "hisoblab chiqadi" va vaqt hamda rejimni o`zi avtomatik tarzda tanlaydi. Bu vaqt va energiya sarfini tejaydi va keraksiz uzoq va kuchli yuvish paytida buyumlaringizni eskirishdan saqlaydi.
7. Mayin kir yuvish uchun baraban.
Barabanning innovatsion yuzasi zanglamaydigan po'latdan yasalgan va to`lqinsimon shakli, nozik yuvish va narsalarning xavfsizligini ta'minlaydi..
8. Time manager funksiyasi. 
Sizga kerak bo`lgan paytda kir yuvishni to`xtatish imkonini beradi. Buyumlarni kamaytirish yoki oshirishingiz mumkin.
9. Tanaffus funksiyasi 
Sizga unutilgan kirlarni qo’shish imkonini beradi. Kuyishning oldini olish uchun mashinaning eshigi mashinadagi suv optimal haroratga yetgandan keyingina ochiladi.
Electrolux kir yuvish mashinalarining noqulayliklari va ular haqidagi yomon sharhlar bormi? Bir qarashda Biz buni aytishimiz mumkin:
1.    Narx.
Bir qarashda, raqobatchilarga nisbatan yuqori narx. Ammo bu narx uchun siz Yevropa sifati, ishonch, kafolati va ko'p yillik xizmatni sotib olasiz.
2.    O`rnatishning nozikliklari.
Bu kamchilik boshidanoq kir yuvish mashinasini va barcha parametrlarni to'g'ri o'rnatadigan mutaxassisning yordami bilan osongina bartaraf etiladi. Aytgancha, Hopshop.uz saytida Electrolux kir yuvish mashinasini harid qilsangiz, avtomatik ravishda professional o'rnatish xizmatini olasiz.
Siz hali ham qanday kir yuvish mashinasini harid qilishga ikkilanyapsizmi? Bizga qo'ng'iroq qiling va bizning mutaxassislarimiz sizga to'g'ri tanlov qilishga yordam beradi.

Zanussi kir yuvish mashinasining afzalliklari

1. Buzilishlardan himoyalanish. Barcha modellar barabanning haddan tashqari yuklanmaga ega bo`lgan paytida yoki muvozanatsiz ishlashida, isitish tizimi haddan tashqari qizib ketganda himoya uchun ishchi qulflar (blokatorlar) bilan jihozlangan. Ko'pikni boshqarish tizimi.
2. Tejamkorlik. Barcha modellar suv va elektr energiyasini tejash bilan bir qatorda sizning pullaringizni ham tejaydi.
3. Uzoq xizmat muddati va ishonch.
4. Ishonch.
5. Boshqarish qulayligi. Ko'pgina modellardagi rejimlarning ro'yxati old panelda joylashgan.
ZWS seriyasi - old gabaritlari kichik bo`lgan agregatlar.
Ushbu toifada gorizontal yuklanishga mo`ljallangan apparatlar keltirlgan.

Kir yuvish mashinalari bir-biridan baraban sig'imi, korpusning chuqurligi va funksiyalar to'plamiga ko'ra farq qiladi.

ZWS tizimi dagi kir yuvish mashinasi barabani. Ushbu seriyaning o`ziga xos xususiyati bu
yuqori sig`im bilan birga ixchamlikdir. 
Ushbu seriyali kir yuvish mashinalari arzon narxi, funktsionalligi va o'rnatish qulayligi tufayli xaridorlar orasida mashhurdir. Gabariti kichik bo`lgan ushbu kir yuvish mashinasi hammom yoki oshxonaga ham mos keladi.


ZWS toifadagi kir yuvish mashinalarining umumiy tavsifi:

• barabanning aylanish tezligi - 800-1200 ay / min, sentrifuganing sifat ko'rsatkichi - BC, ya'ni kirning namligi mos ravishda 45-65% ni tashkil qiladi;
• dasturlarning soni - 14-15, shu jumladan "oson dazmollash" va "tez yuvish" funksiyalari;
• Ko'pgina modellarda kir yuvish mashinasini peshtaxta ostiga o'rnatish uchun olinadigan qopqoq bor.


ZWS seriyali barcha texnika elektr energiyasini tejaydi - energiya sarfi A +, A ++, A +++.


 

sharhlar

Xabarlar topilmadi

sharh yozish