24 Avg 2020
Nigora
Kir yuvish mashinalarining turlari

 

Kir yuvadigan idish turiga ko'ra kir yuvish mashinalari quyidagilarga bo'linadi:

  • aktivator;
  • barabanlik.

Aktivatorda kir yuvish idishning pastki qismida joylashgan plastik doiraning aylanishi orqali amalga oshiriladi va faqatgina suvni siqish baraban ichida amalga oshiriladi.

Bunday kir yuvish mashinalari minimal opsiyalar to'plami va boshqarishda maksimal soddaligi bilan ajralib turadi. Ularning konstruksiyasini juda murakkab deb bo’lmaydi, chunki bunday mashinalarga maxsus aktivatorlik po'latdan yoki plastikdan idish qo'yilgan. U bo’rtib turgan qovurg’ali dumaloq aylanadigan qismdir. Aylanish paytida u suv oqimini kir yuvish vositasi bilan turli yo'nalishlarda aylantiradi, bunday suv matodan o'tib, turli xil ifloslanishlardan yaxshi tozalaydi.

Baraban turidagi kir yuvish mashinalarida suv yig’ishdan tortib, siqish jarayoniga qadar bo'lgan barcha jarayonlar baraban ichida sodir bo'ladi. Barabanli avtomat mashinalarining afzalligi suv va kir yuvish vositasini tejaydi, shuningdek yuvish paytida kirlarga yumshoq ta'sir ko'rsatishdir.

Ushbu turdagi kir mashinalar kir yuqoridan yoki oldidan solinishiga qarab yana ikkiga turga bo'linadi.

Barabanni yuklash

Siz uchun qaysi yuklash variantini qulayligini tanlashingiz kerak. Vertikal va oldidan(frontal) yuklash turlari mavjud.

Vertikal ravishda yuklashda, yuvish boshlanganidan so’ng yuqori qopqoqni ochib unutib qoldirilgan kirlarni solish mumkin, bundan tashqari, bunday mashina katta miqdordagi kir yuvish uchun mo'ljallangan - 5 kg dan boshlab. Ammo mashinaning yuqori qismini javon sifatida ishlatib bo’lmaydi. Siz bunday mashinani rakovina ostiga yoki masalan, oshxonadagi mebelga o'rnatolmaysiz.

Frontal kir yuvish mashinalari iste'molchilar orasida eng keng tarqalgan variant. Ushbu turdagi ulkan assortiment uyning dizayniga juda mos keladigan mashinani tanlashga imkon beradi. Frontal kir yuvish mashinasi mebelga joylashtirish mumkin. Shisha eshik yuvish jarayonini kuzatishga yordam beradi. Yagona kamchiligi, kirni solishda eshikni ochish uchun qo'shimcha joy kerak bo'ladi.

Dvigatel turi bo'yicha

Kir yuvish moshinalariga ikki xil dvigatel o'rnatilgan bo’lishi mumkin:

• kollektorlik;

• invertorlik.

Kollektorlik turi o'zgaruvchan tokda, qo'shimcha qurilmalarsiz ishlaydi, lekin ish cho'tkalar orqali bajarilganligi sababli, dvigatel yoqimsiz shovqin chiqaradi va mashina juda shovqinli ishlaydi. Ushbu variant har doim ham to’g’ri kelmaydi, bu holda invertor dvigatellik mashinalarni ko'rib chiqish lozim. U cho'tkalarda emas, balki o’zgarmas tokda ishlaydi, ammo konvertor kerak. Bunday dvigatellar juda ishonchli, ishlab chiqaruvchilar ularga 10 yilgacha kafolat beradi, ammo mashinaning narxi oshadi.

Kir yuvish mashinasining shovqinsiz ishlashi nafaqat dvigatelga, balki privodga ham bog'liq. Keling, batafsilroq ko'rib chiqaylik.

Privod turi bo'yicha

Privodlar quyidagilarga bo'linadi.

• to'g'ridan-to'g'ri;

• kamarlik.

Privod qanchalik sodda bo'lsa, u shunchalik ishonchli. Barabanning o'qiga bog'lanadigan va shovqinsiz ishlaydigan, detallarni qo'shimcha yuklardan xalos qiladigan, xizmat muddatini oshiradigan va tebranishni kamaytiradigan turga to'g'ridan-to'g'ri privod kiradi. Ammo, juda ko'p afzalliklarga qaramay, bunday privodlarga ega mashinalar faqat taniqli brendlar tomonidan ishlab chiqariladi va ularning assortimenti juda kichik.

Hajmi bo’yicha

Kir yuvish mashinasining hajmiga qarab, unga solinishi mumkin bo'lgan kir miqdori o’zgaradi. Bunda mashina qayerga o'rnatilishi va u qancha joy egallashi mumkinligiga asoslanish kerak.

48 sm gacha chuqurlikdagi tor kir yuvish mashinalari rakovina ostida yoki kichik xonalarda osongina o’rnatilishi mumkin, ammo bittada yuvilishi mumkin bo'lgan kir miqdori 4 dan 7 kg gacha kamayadi.

To'liq o'lchamdagi kir yuvish mashinalarida, 12 kg gacha kiyimlarni yuvish mumkin, ammo ularning hajmi sezilarli darajada oshadi. Bunday mashinaning chuqurligi 62 sm ga yetishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar bunday mashinalarga katta diametrli eshiklarni o'rnatadilar, shunda ularga katta narsalar joylashtirilishi mumkin.

sharhlar

Xabarlar topilmadi

sharh yozish