"HOME SHOPPING MEDIA" MChJ (Hopshop) aksiyalar o‘tkazilishi haqida e'lon qiladi

Aksiya  amal qilish muddati:

Aksiyalar ro'yxati va muddati quyidagi 1-jadvalda ko'rsatilgan.

Ushbu Shartlardagi har qanday vaqt ko'rsatilishi Toshkent shahri vaqtining ko'rsatkichidir.

Aksiya tashkilotchisi: “Home Shopping Media” MChJ (keyingi o‘rinlarda Jamiyat deb yuritiladi)

Telemagazin:"HopShop" sayt: hopshop.uz

Telegram kanal: https://t.me/xopshop

Instagram: hopshopuz_official

Aksiyada kimlar ishtirok etishi mumkin: 18 yoshga to‘lgan, saytda, telemagazin orqali yoki Telegram va Instagram kanallari menejeri orqali buyurtma berib xarid qilgan, asosiy mahsulot uchun to‘lovni to‘liq to‘lagan jismoniy shaxs (asosiy mahsulotlar va ular uchun sovg'alar ro'yxati 1-jadvalda ko'rsatilgan).

Aksiya o‘tkaziladigan hudud: O‘zbekiston Respublikasi

1. Aksiya ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

1.1. Aksiyada hopshop.uz sayti6 telemagazin va https://t.me/xopshop telegram kanalining quyidagi talablarga javob beradigan xaridorlari ishtirok etishlari mumkin:

i. Xaridor 18 yoshga to'lgan jismoniy shaxsdir.

ii. Xaridor HopShop telemagazin, saytda www.hopshop.uz yoki https://t.me/xopshop telegram kanalida, telefon orqali yoki Instagram’dagi hopshopuz_official kanalida aksiya amal qilish muddatida xarid qildi

1.2. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan xaridorlar Aksiyada qatnashish huquqiga ega emaslar.

1.3. Aksiya ishtirokchilari aksiyada ishtirok etish va sovg'a olish bilan bog‘liq barcha harakatlarni aksiya shartlarida belgilangan muddatlarda bajarishlari shart.

1.4. Jamiyat Aksiya qoidalariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Shu bilan birga, Aksiya shartlari o‘zgargan taqdirda, Jamiyat tegishli ma’lumotlarni o‘zining www.hopshop.uz rasmiy saytiga joylashtirish majburiyatini oladi.

2. Ishtirok etish shartlari

2.1. Jismoniy shaxs ushbu qoidalarni 1.1.ii-band shartlarini bajargan holda, Aksiyada ishtirok etishga roziligini beradi, Aksiya Ishtirokchisi maqomiga ega bo'ladi, ushbu Shartlar, saytning ommaviy ofertasiga to'liq va so'zsiz roziligini tasdiqlaydi, G'olib deb topilgan taqdirda elektron xabarlarni olish, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik beradi.

2.2. Ishtirokchilar Jamiyat xodimlari tomonidan o'z nomiga buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida aksiya qoidalari va shartlariga rozi bo'ladilar.

2.3 Ushbu Qoidalar shartlariga muvofiq Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Jamiyatga o'zining shaxsiy ma'lumotlari va Aksiya davomida Jamiyatga ma'lum bo'lgan boshqa ma'lumotlarni qayta ishlashga, shuningdek ularni uchinchi shaxslarga, shu jumladan huquqni bajaruvchi shaxslarga berishga, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda, rozilik beradi.

2.4 Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishligini va roziligini tasdiqlaydi.

2.5 Jamiyat O‘zbekiston Respublikasining vijdonan xo‘jalik yurituvchi subyekti bo‘lib, o‘z faoliyatida qonunlarga qat’iy rioya qilish va biznesning ochiqligi printsipiga asoslanadi.

2.5 Aksiya bilan bog'liq barcha nizolar muzokaralar yo'li bilan hal qilinishi kerak. Nizo yuzaga kelgan kundan boshlab 60 kalendar kun ichida tinch yo‘l bilan kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, nizo Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanlararo sudida ko‘rib chiqilishi kerak.

1 Jadval

Mahsulot

Sovg'a

Sovg'alar soni, dona

Aksiya boshlanish sanasi

Aksiya tugash sanasi

Tana uchun Infinity massajori

Bosh uchun Antistress massajori

98

01.07.22

31.12.22

Butun tana uchun Roniq Shiatsu - Rohat massajori

Bosh uchun Antistress massajori

129

20.06.22

31.12.22

Pest Repeller ZN-2020-PR

Ikkinchi qurilma va Antitarakan geli

142

20.06.22

31.12.22

 Jazz tikuv mashinasi

Tikuv to'plami

129

20.06.22

31.12.22

 12 tasi 1 da Roniq Fashion  tikuv mashinasi

Tikuv to'plami

152

20.06.22

31.12.22

Venofish gel

Mis tolali kompression golfilar

118

01.09.22

31.12.22

Polarizatsiyalangan Malibu 2 HD ko'zoynagi

Ko'zoynak uchun g'ilof va ko'zoynak uchun mato

111

20.09.22

31.12.22

 Roniq Fashion Pro tikuv mashinasi

Tikuv to'plami, elektr qaychi

137

26.10.22

31.12.22

Roniq Solo Titan elekrt britvasi 3-ta uchlik

118

26.10.22

31.12.22

Magnet Drive

1)Qattiq g'ilof

2)Yumshoq g'ilof

3)Mikrofibadan mato parchasi(linzalarni tozalash uchun)

185

1.11.22

31.12.22

Bolalar o’yinchog’i Roniq Extreme Car

Sovg'a yoq

-

1.11.22

31.12.22

Tana uchun Energy massajori

Bosh uchun Antistress massajori

117

01.11.22

31.12.22

Roniq Cristall filtri

2 chi kartridj sovg'aga

193

18.11.22

31.12.22

Super Shine shvabrasi

Ikkinchi Uchlik

239

23.11.22

31.12.22

Roniq Sahara isitgich

Himoyalovchi tasma Termo KIng

232

7.12.22

31.12.22

Roniq Tornado

Ultra Sharp

232

1.04.23

3.04.23

3. Yakuniy qoidalar

3.1. Ishtirokchilar Aksiya haqida batafsil ma’lumotlar bilan uning amal qilish muddatida https://hopshop.uz/ saytida tanishishlari mumkin.

3.2.  Aksiya Ishtirokchilarining Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra https://hopshop.uz/ saytidagi Aksiya haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish imkoni bo‘lmagani, muvaffaqiyatsizlikka uchraganligi, Ishtirokchilar tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarilmaganligi (o'z vaqtida bajarmaganligi) uchun Aksiya Tashkilotchisi javobgar emas ;

3.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi, aksiyada sovg‘alar soni cheklanganligi sababli ularni olish imkoni bo'lmasligi bilan bog‘liq xavfni tushunadi va qabul qiladi.

3.4. Tashkilotchining sovg'alar sifati bo'yicha majburiyatlari ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan kafolatlar bilan cheklanadi. Sovg'alarning yaxlitligi va funktsional yaroqliligini, xaridor ularni qo'lga olganidan so'ng darhol tekshirishi kerak. Sovg'alarning tashqi ko'rinishi, parametrlari va xususiyatlari mahsulotning reklama materiallari va qadoqlaridagi tasvirlaridan farq qilishi mumkin. Sovg'a sifatiga oid barcha da'volar to'g'ridan-to'g'ri mahsulot ishlab chiqaruvchisiga berilishi kerak. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya sovg‘alarini kafolatli ta’mirlanishini amalga oshirmaydi. Barcha qoʻshimcha savollar boʻyicha ishtirokchi Aksiya Tashkilotchisiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishi mumkin: +998781481188.

3.5. Barcha talab qilinmagan sovg'alarni, shuningdek Ishtirokchilar olishdan bosh tortgan sovg'alarni, Aksiya Tashkilotchisi o'z xohishiga ko'ra tasarruf qiladi. Ishtirokchilar sovg'alarni qayta talab qila olmaydi, ularga pul kompensatsiyasi berilmaydi.