Teledo'kon - bu qisqa televizion dastur bo'lib, unda mahsulotlar haqida maʼlumot namoyish etiladi va tomoshabinga sotuvchi bilan telefon orqali bog'lanib, uy sharoitida xaridlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Hopshop - bu O'zbekistondagi birinchi rasmiy teledoʻkondir. Batafsil bilib oling : https://www.spot.uz/ru/2018/09/13/tvshop/
Teledoʻkonning afzalliklari:
1. Mahsulot haqida to'liq maʼlumot
Teledoʻkon reklama roliklarida mahsulotning o'zi, undan foydalanish usullari, xususiyatlari, tavsifi va mahsulot xarid qilganlar haqida batafsil ko'rsatiladi va aytib beradiladi.
2. Noyob mahsulot
Teledo'konlar yangi va noyob, ko'p funktsiyali mahsulotlarni taklif qiladilar, odatda bunday mahsulotlarni oddiy do'kondan sotib olishning iloji yo'q.
3. Buyurtma uchun qiziqarli sovg'alar, chegirmalar, aktsiyalar
Oddiy do'konlardan farqli o'laroq, xaridorlarning kayfiyatlarini koʻtarish uchun biz 2 ta mahsulotni 1 mahsulot narxida taklif qilamiz, sovg'a sifatida esa qiziqarli mahsulotlar va hokazo, ma'lum miqdordan sovg'a, maxsus narxdagi toʻplamlar va hk.
4. Hech qayerga borish kerak emas, uydan xarid qilish
Teledoʻkonlarning asosiy afzalligi- qulay xarid qilish. Xaridor shaharning narigi tomonidagi savdo markaziga borishi yoki issiqda bozorda aylanib yurishi, soatlab yangi mahsulotni qidirishi, narxlarni va xususiyatlarni taqqoslashi, brendlarni tanlashi, navbatda turishi, oʻz mahsulotini maqtaydigan sotuvchilardan yashirinishi shart emas.
5. Sotuvchi - ekspertlar
Televizion doʻkonning reklamasi mahsulot haqida to'liq ma'lumot beradi va aloqa markazining operatorlari xaridorga telefon tarmoqlari orqali istalgan vaqtda, uydan chiqmasdan turib mahsulot haqida batafsil maʼlumot berishadi: mahsulotni qanday ishlatish,uning xususiyatlari, mahsulot mijozga qanday yordam berishini, ehtiyot choralari, kafolat va boshqalar.