Ko'p funktsiyali Roniq Anor tikuv mashinasi
- — SMS хабарнома
- — Қайтариш ва алмаштириш
- — Турли тўлов шакллари
- — Хамйонбоп нархлар
- — O‘zbekiston bo‘ylab barcha buyurtmalar uchun atiga 39000 so‘m
Tavsifi
RoniqAnor tikuv mashinasi – 59 xil chok bilan tikadigan, ko'p funktsiyali tikuv mashinasi. Siz tajribasiz yoki mahoratli tikuvchi bo'lishingizdan qat'iy nazar - Anor tikuv mashinasi bilan barcha kiyimlaringiz mukammal darajada tikiladi! Turli materallar bilan ishlaydi, yenglarni chetini bostirib tikadi va hatto tugmachalarni ham tikadi!
Afzalliklari:
• 59-ta turdagi choklar
• Moqining ikki ipli choki
• Ikkita tikuv tezligi: yuqori / past
• Oldinga va orqaga tikish operatsiyalari mavjud
• Ipni avtomatik qayta o'rash
• Yenglarni tikadi
• Tugmalarni tikadi
• Chok uzunligi sozlanishi
• Tikuv asboblarni saqlash qutisi
• Qo'l bilan boshqarish funktsiyasi va oyoq pedali mavjud
• O'rnatilgan chiroq
• O'rnatilgan ip kesuvchi
• Elektr tokidan ishlaydi
• Universal almashtiriladigan bosuvchi lapka ushlagichi
Kerakli chokni tanlash uchun: mashinaning o'ng tomonida mavjud bo'lgan choklarning to'liq ro'yxati bor. Sizga hozir qaysi biri kerakligini o’zingiz uchun aniqlab oling. Har bir chok harf va raqamli belgiga ega (chok raqami tagida joylashgan). Masalan: agar sizga 10 –chok kerak bo’lsa,unda 3 B qiymatini tanlashingiz kerak.
Uskunalar:
• Tikuv mashinasi
• 2-ta bobina
• 2-ta g’altak ip
• 1 igna
• 1-ta ip o’tkazuvchi
• 1 tugma bosuvchi lapka
• 1 tugma izmasi
• 1 oyoq uchun pedal
• 1-ta adapter
• Yo’riqnoma
Xususiyatlari
O’lchami: 42.5x 15.2x 33sm
Og’irligi: 5kg
O’zgarmas tok quvvati: 12V, 2A